FTB "Barselona" sobiq prezidentiga nisbatan tekshiruv ishlarini boshladi

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017, 10:45
Federal tekshiruv bo'limi (FTB) "Barselona" sobiq prezidenti Sandro Roselga nisbatan tekshiruv ishlarini boshladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, FTB pul yuvish, Internet yordamida firibgarlik qilish va boshqa jinoyatlarda Roseldan shubhalanmoqda. FTB 3-raqamli Madrid sudidan Rosel ofisida tintuv ishlari olib borishni so'radi. Kataloniya klubi sobiq rahbariya yaqinlarining ma'lum qilishicha, hozircha Rosel ofislarida tekshiruvlar bo'lmagan.

FTB AQSH ichki razvedka organi hamda huquqni muhofaza qilish federal tuzilmasi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser