"Barselona" sobiq prezidenti oqlandi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2019, 18:13
Ispaniya oliy sudi pul yuvishda ayblangan "Barselona" sobiq prezidenti Sandro Rosel aybsiz ekanligini e'lon qildi.

Isbot yo'qligi tufayli 55 yoshli kataloniyalik va yana 5 kishidan ayblovlar olib tashlandi.

Rosel 2017 yilning may oyida hibsga olingan edi. U 643 kundan so'ng, 2019 yilning fevralida ozodlikka chiqdi.

Eslatib o'tamiz, Rosel Braziliya terma jamoasi imij huquqlarini sotish va braziliyaliklar o'rtoqlik o'yinlarini pullashdan noqonuniy ravishda 15 mln. evro ishlab olganlikda ayblangan edi. 

Sandro Rosel 2010-2014 yillarda "Barselona" prezidenti sifatida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport