Foden top-5 ligadagi eng qimmat futbolchi

Aslanov Jasurbek
7 iyun 2021, 19:35
Futbol olamida taniqli tadqiqot markazi bo'lgan CIES Football Observatory har ikki yilda bir marotaba Yevropaning eng kuchli chempionatlarida ishtirok etadigan futbolchilarni o'z algoritmidan foydalangan holda taxminiy qiymatini hisoblab chiqadi.

Yangi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, Yevropaning top-5 ligadagi eng qimmat futbolchisi deb "Manchester Siti" a'zosi Fil Foden topildi. Keyingi o'rinlarda "Manchester Yunayted"ning ikki vakili - Meyson Grinvud va Markus Reshford qayd etilgan.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, dunyoning eng qimmat o'yinchisi deb hisoblangan PSJ hujumchisi Kilian Mbappe esa 12-o'rindan joy olgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: CIES