Finalni Namangan shahridagi katta ekranda ko'rishni istovchilar diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2018, 15:58
Ertaga Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Xitoyda o'tayotgan Osiyo chempionati finalida Vetnam termasi bilan bahs olib boradi.

Mazkur o'yinni yurtdoshlarimiz qiziqish bilan kutishayotganligi bor gap. Muxlislarning talab istaklaridan kelib chiqqan holda joylarda final uchrashuvini katta ekranda namoyish etish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. 

Namangan viloyat futbol federatsiyasi va “Navbahor” muxlislar klubi ishqibozlarga qulaylik yaratishga qaror qilishdi. Yani uchrashuvni bayramona ruhda o'tkazish va terma jamoamizni qo'llab quvvatlashlarini taminlash uchun Vetnam – O'zbekiston uchrashuvi katta ekranda namoyish qilinadi. Final bahsini katta ekranda tomosha qilishni xohlovchilar ertaga Namangan shahrida joylashgan Madaniyat va aholi dam olish maskaniga (avvalgi To'qimachilar saroyi) taklif etamiz. 

Mo'ljal 5-kichik tumandagi “Yashil bozor” ro'parasida. Uchrashuv soat 13:00 da boshlanadi.

Bundan tashqari final uchrashuvi Toshkent shahrida ham katta ekranda namoyish etiladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати