FIFA JCH-2018ning qolgan o'yinlarida ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatini e'lon qildi

Tolibjon Qosimov
9 iyul 2018, 19:11
FIFA rasmiy saytida Jahon chempionati-2018ning hal qiluvchi o'yinlarini boshqarishga nomzod hakamlar ro'yxati elon qilindi.

Unga ko'ra ro'yxatdan quyidagi hakamlar joy olishgan:

Yevropa (UEFA): Juneyt Chaqir (Turkiya), Born Keypers (Gollandiya), Milorad Majich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya).

Okeaniya (OFK): Mettyu Konger (Yangi Zelandiya).

Janubiy Amerika (KONMEBOL): Andres Kunya (Urugvay), Nestor Pitana (Argentina), Sandro Richchi (Braziliya).

Osiyo (OFK): Alirizo Fag'oni (Eron).

Afrika (AFK): Malang Didxiu (Senegal).

Shimoliy va markaziy Amerika (KONKAKAF): Mark Geyger (AQSH), Sesar Arturo Ramos Palasuelos (Meksika).

Oldinroq, urugvaylik Andres Kunyaning ertangi yarim final bahsi (Fransiya - Belgiya)ga tayinlangani xabar qilingan edi.

Argentinalik Nestor Pitana.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fifa.com