Ferdinand: "Liverpul"ni eng kuchli deyish "Real"ga bo'lgan hurmatsizlik"

Mirjalol Normatov
29 may 2022, 14:14
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand YCHL finalidan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Liverpul"ni Yevropaning eng kuchli jamoasi deyish "Real"ga bo'lgan hurmatsizlik bo'lardi. Ular APLning eng yaxshi uch jamoasi - "Manchester Siti", "Liverpul" va "Chelsi"ni mag'lub etdi. Sovrin esa haqli tarzda qo'lga kiritildi. Bu Karlo Anchelotti shogirdlarining qanchalik darajada kuchli jamoa ekanligini bildiradi", - dedi Ferdinand.

Uchrashuvdan oldin Rio o'z taxminida "Real"ning g'alabasini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BT Sport