

Kolumbiyalik futbolchi jamoadoshi Kerem Akturkoglu bilan to'qnashuvdan keyin yuz suyagini sindirib olgani tasdiqlandi. 35 yoshli forvard tez orada jarrohlik stoliga yotadi. Uning tiklanish muddati hozir noma'lum.
Eslatib o'tamiz, Falkao "Galatasaroy" tarkibiga 2019 yilda "Monako"dan kelib qo'shilgan edi. U joriy mavsum 15 uchrashuvda maydonga tushib, 8 gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.



