

Championat.asia saytiga ma'lum bo'lishicha, "lochinlar" himoya chizig'ini mustahkamlash maqsadida "Nasaf" a'zosi Sharof Muhitdinov, "Qo'qon-1912"dan Murod Xolmuhammedov va "So'g'diyona" o'yinchisi Luka Chermel kabi futbolchilar bilan kelishuvga erishgan.
Avvalroq namanganliklar Abror Ismoilov, Farruh Ikromov hamda Shahboz Jo'rabekov kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.



