Ernanes "Lacio" rahbariyatidan boshqa klubga qo'yib yuborishlarini so'raydi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 15:34
"Lacio" yarim himoyachisi Ernanes klub rahbariyatidan yanvarda boshqa klubga o'tishiga ruxsat berishlarini so'ramoqchi, deya xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Braziliyalik futbolchiga hozirda "Arsenal", "Tottenxem" va "Atletiko" klublaridan qiziqish bor. Bular orasida imkoniyati eng yuqori baholanayotgani madrid klubidir. Chunki futbolchining o'zi ham Ispaniyaga ko'chib o'tishni istayapti. Biroq "burgutlar" futbolchi bilan eng kamida 25 million evro evaziga xayrlashishga tayyorlar.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net