Ehtimollik nazariyasi. Nima qilsak guruhdan chiqamiz?

Xayrulla Xoliqov
15 yanv 2018, 12:22
Xitoyda davom etayotgan U-23 Osiyo chempionatida bugun "A" guruhi bahslari o'z yakuniga etadi.

O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi oxirgi uchrashuvini Ummonga qarshi o'tkazadi. Guruh jadvalida ajoyib vaziyat yuzaga kelgan. Qatar ikkita g'alabadan so'ng 6 ochko jamg'argan, bugun ular Xitoy bilan bahs olib borishadi. O'zbekiston va Xitoy hisobida 3 ochkodan bor. Ummon esa birinchi ikkita o'yinda mag'lub bo'lgan. 

Guruhdagi vaziyat

1. Qatar - 6 ochko (to'plar nisbati 2-0)
2. O'zbekiston - 3 ochko (to'plar nisbati 1-1)
3. Xitoy - 3 ochko (to'plar nisbati 3-1)
4. Ummon - 0 ochko (to'plar nisbati 0-4)

1-o'yin: Xitoy - Qatar
2-o'yin: O'zbekiston - Ummon

Taxminlar 

Endi taxminlarga to'xtalib o'tamiz.

Xitoy g'alaba+Ummon g'alaba=Xitoy 6 ochko, Qatar 6, Ummon 3, O'zbekiston 3.
Xitoy g'alaba+2-o'yin durang=Xitoy 6, Qatar 6, O'zbekiston 4, Ummon 1.
Xitoy g'alaba+O'zbekiston g'alaba=Xitoy 6, Qatar 6, O'zbekiston 6, Ummon 0.

1-o'yin durang+Ummon g'alaba=Qatar 7, Xitoy 4, Ummon 3, O'zbekiston 3.
1-o'yin durang+2-o'yin durang=Qatar 7, O'zbekiston 4, Xitoy 4, Ummon 1.
1-o'yin durang+O'zbekiston g'alaba=Qatar 7, O'zbekiston 6, Xitoy 4, Ummon 0.  

Qatar g'alaba+Ummon g'alaba=Qatar 9, Xitoy 3, Ummon 3, O'zbekiston 3.
Qatar g'alaba+2-o'yin durang=Qatar 9, O'zbekiston 4, Xitoy 3, Ummon 1.
Qatar g'alaba+O'zbekiston g'alaba=Qatar 9, O'zbekiston 6, Xitoy 3, Ummon 0.

Qoida: Agar ikki yoki undan ko'p jamoaning ochkolari teng bo'lib qolsa, avvalo o'zaro o'yinlardagi to'plar nisbatiga qaraladi.

Futbolchilarimizga bugun o'yinda omad yor bo'lsin!

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia