YCHL. Noyer Valdesni quvib o'tdi

Eldor Akmurzayev
26 fev 2020, 20:25
“Bavariya” kiperi Manuel Noyer YCHLning 1/8 finalida doirasi “Chelsi”ga (3:0) qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvda maydonga tushdi.

33 yoshli germaniyalik musobaqadagi 107-uchrashuvini o'tkazib, ushbu ko'rsatkich bo'yicha “Barsa”ning sobiq posboni Viktor Valdesni (106) quvib o'tgan holda to'rtinchi o'ringa ko'tarildi.

Noyyerdan yuqorida esa Iker Kasilyas (177 o'yin, “Real” va “Portu”), Janluiji Buffon (123, “Yuventus”), Petr Chex (111, “Chelsi” va “Arsenal”) kabi darvozabonlar turibdi. 

Manuel Noyer 2011 yili “Shalke”dan myunxenliklar jamoasi safiga kelib qo'shilgan. 2013 yil esa u “Bavariya” bilan Chempionlar Ligasida zafar quchdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta