YCHL. Gonsalo Iguain uchta turli klubda gol urdi

Narzulla Saydullayev
28 sen 2016, 00:33
"Yuventus" klubi hujumchisi Gonsalo Iguain bugun Zagrebning "Dinamo" klubiga qarshi o'yinda gol urdi.

Shu tariqa, argentinalik hujumchi Yevropa chempionlar ligasida uchinchi klubi safida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Iguain bundan oldin "Real Madrid" va "Napoli" klublari tarkibida YCHLda to'p kiritishga erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive