Dembele MYU bilan muzokaralarda qatnashayotgani bois mashg'ulotlarga kech qolgan

Mirjalol Normatov
30 sen 2020, 00:18
"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele yaqin vaqtlar ichida jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"AS" xabariga ko'ra, u "Manchester Yunayted"ga o'tishga yaqin turibdi. "Barselona" vingerni 50-60 mln evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Transfer ishlarining tezlik bilan olib borilayotgani "Barselona"ning Memfis Depay transferi uchun mablag' izlayotgani bilan ifodalash mumkin. "Yunayted" esa o'tgan yilning yozidan buyon "Barselona"ga Dembele borasida bir necha taklif yuborgan.

Endi esa Ronald Kuman 23 yoshli futbolchining xizmatlariga extiyoj sezmayotganidan "Yunayted" foydalanib qolmoqda. 2017 yilda futbolchi 130 mln evro evaziga Dortmundning "Borussiya"sidan "Barselona"ga o'tgandi. Biroq u Kataloniyada jarohatlar girdobiga tushib qoldi. 3 yil davomida Usmon 7 marta mushaklaridan jarohat oldi.

O'tgan mavsumda esa u atigi 5 o'yinda maydonga tushdi va 1 marta raqiblari darvozasiga yo'l topdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal