De Rossi Roma safidagi 500-o'yinida gol urdi

Narzulla Saydullayev
17 okt 2015, 23:30
Roma yarim himoyachisi Daniele de Rossi Italiya A seriyasi 8-turida Empoliga qarshi o'yinda maydonga tushdi.

Bu 32 yoshli futbolchi uchun 2001 yildan buyon o'ynab kelayotgan Rim klubi safidagi 500-uchrashuv bo'ldi. Qizig'i De Rossi yubiley o'yinda gol urishga erishdi. 500 ta o'yinda (372 A seriya, 52 Italiya kubogi, 72 evrokuboklar va 4 boshqa musobaqalar) Roma safida 52ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-italia.net