De Bryuyne: "Angliya va Fransiya Evro-2020 favoritlari hisoblanadi"

5 apr 2019, 00:50
"Manchester Siti" yarim himoyachisi va Belgiya terma jamosi a'zosi Kevin De Bryuyne kelasi yil bo'ladigan Yevropa chempionatida kuchli o'yin ko'rsatishi mumkin bo'lgan terma jamoalar nomini aytib o'tdi.

"Bir hafta oldin Angliya termasi yigitlariga ular Yevropa chempionatida g'olib bo'lishi kerakligini aytdim. O'ylashimcha, Angliya bilan bir qatorda Fransiya ham Evro-2020 musobaqasi favoriti hisoblanadi. Angliya allakachon jamoa o'zagini shakllantirib bo'ldi. Yosh futbolchilar terma jamoaga sekin-asta qo'shilib borishmoqda. Inglizlarni yorqin kelajak kutib turibdi. 

Angliya Evro-2020da chempion bo'ladimi? Bilmadim, Angliya chempion bo'la oladigan yagona jamoa emas. Ammo, keyingi o'n yillikda ularda ajoyib imkoniyat bo'ladi", - deya De Bryuynening so'zlarini keltirdi Sky Sports nashri.

Eslatib o'tamiz, Angliya o'tgan yili Rossiyada o'tkazilgan Jahon kubogida yarim finalga qadar yetib borgan va uchinchi o'rin uchun bahsda belgiyaliklarga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports