"Chelsi" sobiq futbolchisi MYUga o'tish haqida: "Nima uchun yo'q?"

Tolibjon Qosimov
7 noya 2017, 19:36
"Lion" hujumchisi Bertran Traore "Manchester Yunayted"ga o'tish haqidagi savolga javob qaytardi.

– Siz "Chelsi" tarbiyalanuvchisi sifatida MYUga o'tishga rozi bo'lasizmi?

– Nima uchun yo'q? Men qattiq mexnat qilaman. Agar bunday imkoniyat paydo bo'lsa, nega yo'q? – deb javob berdi Traore.

22 yoshli Bertran "Chelsi" akademiyasida 2010 yildan 2014 yilgacha shug'ullangan, yana 3 yilni ijarada o'tkazgan. "Chelsi" uchun Premer-ligada 10ta o'yin o'tkazgan.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: onzemondial.com