“Chelsi” muxlislari Kepaning Vikipediyadagi sahifasiga hujum qilishdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2019, 16:54
Londonning “Chelsi” klubi muxlislari jamoa darvozaboni Kepa Arrisabalaganing Vikipeyadagi rasmiy sahifasiga hujum qilib, uning ma'lumotlarini o'zgartirishdi, deya xabar beradi 101 Great Goals.

“Kepa dunyodagi eng noprofessional pastkash inson. Onasi esa unga yaxshi tarbiya bermagan. U Angliya liga Kubogidagi mag'lubiyatdan so'ng, “Chelsi” bosh murabbiyi Mauricio Sarrining o'rnini egalladi”, - deya o'zgartirilgan futbolchi haqidagi ma'lumotlar.

Eslatib o'tamiz, “Manchester Siti”ga qarshi Angliya liga Kubogi finalining 118-daqiqasida Kepa Arrisabalaga oqsoqlanib, o'yinni davom eta olmaydigandek tasavvur uyg'otgandi. Shu sababli murabbiylar shtabi uning o'rniga Kabaleroni maydonga tushirmoqchi bo'ldi. Zaxiraga olinayotganini ko'rgan Kepa qo'l harakatlari bilan uchrashuvni davom ettira olishini ko'rsatib maydonda qolishini ko'rsatadi va, Sarrining g'azabiga sababchi bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: 101 Great Goals