"Chelsi" Kanteni "Real" yoki PSJga sotishga tayyor

Alisher
10 apr 2020, 12:37
Londonning "Chelsi" klubi yozgi transferlar oynasida asosiy o'yinchilaridan biri bilan xayrlashishi mumkin.

Xabarlarga ko'ra, 29 yoshli ijrochining xizmatlariga Madridning "Real" va Fransiyaning PSJ klublari qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, "aristokratlar" rahbariyati ushbu klublar bilan muzokaralar olib borishga tayyor.

Kantening ingliz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda.

Fransiyalik joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal