

Bugun "Navbahor" klubi hujumchisi Mo'ydin Mamazulumov 32 yoshga to'ldi. Bundan tashqari "Metallurg" klubi yarim himoyachisi Ruslan Vagapov 36 yoshga qadam qo'ydi. "Qizilqum" vakili Azizbek Usmonov 24 yoshni qarshi oldi. "Mashal" a'zosi Sirojiddin Rahmatullaev 23ga to'ldi.
Biz saytimizning barcha xodimlari va muxlislari nomidan bugun o'z tug'ilgan kunini nishonlayotganlarni tabriklab qolamiz.



