

Slovakiya quyi ligasi ishtirokchisi bo'lgan "Partizan Bardeyov" sharafini himoya qilgan futbolchining klub bilan shartnomasi yakunlandi va erkin agentga aylandi. U "Partizan Bardeyov" safida 13 ta o'yinda maydonga tushib 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.
Ma'lumot uchun, Meliev O'zbekistonda "So'g'diyona", "Mashal", "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" va "Xorazm" klublarida to'p tepgan.




