Bugun "Navbahor"ning sobiq futbolchilari "Navbahor"ga qarshi, "Metallurg" esa Jizzaxda mehmon

Narzulla Saydullayev
21 apr 2019, 08:51
Bugun Superliganing 5-turidan o'rin so'nggi ikki bahs o'tkaziladi.

O'tgan turda ilk bor g'alabaga erishgan "lochinlar" bu mavsum hali mag'lubiyat alamini totib ko'rmagan "Surxon"ga qarshi o'ynaydi. Namangandagi stadion maysasi hali tayyor bo'lmagani bois uchrashuv Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tadi.

Bu jamoalar "Navbahor" maydonida 12 marta to'qnash kelishgan. E'tiborlisi bu o'yinlarning barchasida "Navbahor" g'olib bo'lgan. Yani "Surxon" hozirga qadar bu raqib maydonida bironta ochko ololmagan.

O'tgan yil "Navbahor"da o'ynagan A'zam Aliev, Ayubxon No'monov, Darko Stanoevich, Azamat Allaniyazov, Dilshod Jabborov va Sarvar Soliev bu yil "Surxon" sharafini himoya qilishmoqda.



4-turdan keyin bosh murabbiysiz qolgan "So'g'diyona" klubi o'z uyida "Metallurg"ni qabul qiladi. Mavsumni g'alaba bilan boshlagan jizzaxliklar keyin ketma-ket uch bor mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. "Metallurg" esa hozircha safarda ikkita uchrashuv o'tkazib umuman g'alaba qozona olishmadi.

Jizzaxda bu jamoalar o'rtasidagi 17ta o'yinning uchtasida "Metallurg" g'olib chiqqan. O'tgan yilgi ikkita uchrashuvda ham bekobodliklar zafar quchishgan va umuman gol o'tkazishmagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia