

Angliyaning "Chelsi" jamoasi qur'a yakuniga ko'ra Ispaniyaning "Valensiya" jamoasi bilan bir guruhga tushdi.
Tvittyerdagi mashhur OptaJoe akkaunti ushbu holatga oid qiziq ma'lumotni taqdim etdi. Unga ko'ra, "Chelsi" va "Valensiya" mazkur turnirda ikki marotaba guruhda to'qnash kelishgan. Bu 2007/08 va 2011/12 yillarga to'g'ri keladi. Aynan o'sha yillari londonliklar musobaqa finaliga yetib borishgandi.
"Aristokratlar" 2008 yilda "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsalar, 2012 yilgi finalda "Bavariya" taslim etilgan.
Eslatib o'tamiz, jamoalar bu yil "H" guruhida kurash olib borishadi. "Chelsi" va "Valensiya"dan tashqari "Ayaks" hamda "Lill" mazkur guruhda o'yin o'tkazadilar.



