Bu qiziq! "Chelsi" guruhda "Valensiya" bilan o'ynagan yillari finalgacha yetib borgan

Aziz Tukhtamuradov
29 avg 2019, 22:13
Bugun Yevropa chempionlar ligasining yangi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Angliyaning "Chelsi" jamoasi qur'a yakuniga ko'ra Ispaniyaning "Valensiya" jamoasi bilan bir guruhga tushdi

Tvittyerdagi mashhur OptaJoe akkaunti ushbu holatga oid qiziq ma'lumotni taqdim etdi. Unga ko'ra, "Chelsi" va "Valensiya" mazkur turnirda ikki marotaba guruhda to'qnash kelishgan. Bu 2007/08 va 2011/12 yillarga to'g'ri keladi. Aynan o'sha yillari londonliklar musobaqa finaliga yetib borishgandi. 

"Aristokratlar" 2008 yilda "Manchester Yunayted"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan bo'lsalar, 2012 yilgi finalda "Bavariya" taslim etilgan. 

Eslatib o'tamiz, jamoalar bu yil "H" guruhida kurash olib borishadi. "Chelsi" va "Valensiya"dan tashqari "Ayaks" hamda "Lill" mazkur guruhda o'yin o'tkazadilar. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia