Bruno Alvesh: "Fransiya Portugaliya terma jamoasidan kuchli deb hisoblamayman"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2014, 11:45
"Fenerbaxche" va Portugliya terma jamoasi himoyachisi Bruno Alvesh Fransiyani o'z jamoasidan kuchli deb bilmaydi.

Bu jamoalar o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanadi.

"Biz doimo g'alaba uchun harakat qilishimiz kerak. Fransiya bizdan kuchli emas. Jamoaga Danni, Rikardo Karvalo, Kuarejma va Tiago Mendeshlar qaytgani haqida gapiradigan bo'lsam, ular xuddi doimo biz bilan birga bo'lgandek. Ularni yaxshi kutib oldik" - deydi futbolchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru