Brendan Rodjers: "Suares "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirishiga ishonaman"

Tolibjon Qosimov
20 dek 2013, 15:10
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Brendan Rodjers klub hujumchisi Luis Suares borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Suares klub bilan shartnomani uzaytirishiga yuz foiz ishonaman. Menimcha, Suares "Liverpul"da yanada kuchaya oladi.

"Tottenxem" Beylni o'rnini to'ldira olmadi. Bu esa bazan yetakchilarni o'rnini 8-10talab yangi futbolchilar ham to'ldira olmasligini ko'rsatib berdi.

Shu bois ham Suaresni o'zimizda saqlab qolishga urindik. U top-hujumchi, yaxshi futbolchilar ko'p. Ammo har hafta o'z formasini saqlab tura oladigan futbolchi juda kam", – deydi Rodjers.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru