"Brayton" "Arsenal" taklifiga rad javobini berdi

Mirjalol Normatov
16 iyun 2021, 23:36
"Brayton" "Arsenal"ning Ben Uayt borasidagi 40 million funtlik taklifini rad qildi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, London klubi summani oshirmoqchi emas. Bu narx esa "chaykalar"ni qoniqtirmayapti. Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" klubga bundan ko'proq summa aytgan va unga ham rad javobi berilgan.

O'tgan haftada "Arsenal"ga "Aston Villa"dan Emil Smit-Rou borasida 25 million funtlik taklif kelib tushgandi. Agarda klub futbolchisini 35 mln evroga sota olsa, Ben Uayt uchun narxni ko'tara olishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports