Borxa Mayoral La Liganing boshqa bir klubiga o'tadi

Alisher
29 iyul 2022, 10:38
"Real" hujumchisi Borxa Mayoral "Xetafe"ga o'tadi.

Klublar 25 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishishdi. Tomonlarning hujjatlarga imzo chekishi qoldi xolos.

Transfermarkt portali o'yinchini 9 million evroga baholamoqda.

Mayoral o'tgan mavsum "Roma" va "Xetafe" safida ijarada o'ynadi. U barcha musobaqalarda 29ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca