Borussiya FK: Xummels yozda Bavariyaga o'tmoqchi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2016, 20:35
Borussiya klubi Mats Xummels borasida rasmiy bayonot bilan chiqdi.

Rur klubi futbolchi yozda Bavariyaga o'tishni istayotgani haqida ma'lumot berdi. Transfer amalga oshishi Myunxen klubidan qanday taklif tushishiga bog'lib bo'lib turibdi. Borussiya hozircha Bavariyadan rasmiy taklif olmagan.

Dortmund klubi bayonotida Xummelsning shartnomasida transfer narxi yozilmagani qayd etilgan. Futbolchining Borussiya bilan amaldagi shartnomasi 2017 yil yozida tugaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bvb.de