Beyl Lopetegi tufayli "Real"da qolmoqchi

Aslanov Jasurbek
16 iyun 2018, 12:11
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl jamoada qolib, "Qirollik klubi" yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegiga o'zini ko'rsatmoqchi.

"Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi finalida dubl qayd etgan 28 yoshli uelslik Zinedin Zidan jamoasida o'z rolidan mamnun bo'lmayotgan edi. Futbolchini o'yin amaliyoti qoniqtirmadi.

Murabbiy o'zgarganidan so'ng u o'zining xolatini yaxshilab olishga umid qilmoqda.

Oldinroq, "Manchester Yunayted" Beylni xarid qilmoqchi edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN