Bernat: "PSJning maqsadi - o'zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g'olib bo'lish"

Aslanov Jasurbek
14 sen 2018, 11:17
"Bavariya"dan PSJga o'tgan himoyachi Xuan Bernat yangi klubi safida debyutga tayyorligini ma'lum qildi.

"Bu yerda ekanligimdan juda xursandman, PSJ - buyuk klub. Hech qaysi futbolchi asosiy tarkibda kafolatlangan joyga ega emas. Bu yerda har bir poziciya uchun kamida ikki nafar kuchli futbolchi bor.  Kurzava tezroq sog'ayib ketishini tilayman. Uning o'rnini egallash uchun bu erga keldim. Yangi jamoadoshlarim bilan birga maydonga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman.

O'zimni juda yaxshi his qilyapman, uchrashuvga tayyorman. Maydonga kim tushishini murabbiy hal qiladi, ammo tayyorman. O'tgan mavsum jarohat tufayli 4 oyni o'tkazib yubordim. Buning ketidan boshqa muammolar ham paydo bo'ldi.

PSJ to'rtta turnirda ishtirok etadi, maqsad - hammasida g'olib bo'lish. Albatta, bu qiyin bo'lishini bilamiz" - deydi Bernat.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: psg.fr