Berardi "Vest Xem", "Borussiya" va "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi

Alisher
21 iyul 2021, 11:47
"Vest Xem", "Borussiya" (Dortmund) va "Chelsi" "Sassuolo" hujumchisi Domeniko Berardiga qiziqmoqda.

"Chelsi" va "Borussiya" o'yinchi borasida so'rov yubordi va u haqida ma'lumotlar so'radi. "Vest Xem" ham Berardi bo'yicha klub bilan bir necha hafta aloqada bo'lib turdi.

Oldinroq, 26 yoshli italiyalik futbolchiga "Liverpul" qiziqayotgani haqida ma'lumot chiqqandi. Uning "Sassuolo" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Berardi 2020/21 yilgi mavsum Italiya chempionati doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 8ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia