

19 yoshli angliyalik o'yinchi 5-raqamni oldi. Avvalroq bu raqam ostida Zinedin Zidan, Rafael Varan, Fabio Kannavaro va boshqalar maydonga tushishgan.
19 yoshli angliyalik bilan kelishuv 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. 15 iyun kuni futbolchi "Real" a'zosi sifatida tanishtirildi.
Qayd etilishicha, transfer summasi 103 million evroni tashkil qilgan.



