

Ispaniyalik futbolchi yozgi transfer oynasida Londonni tark etishga tayyor. Londonliklar Belerinning sotuvidan 25 million evro miqdorida mablag' olishmoqchi.
Himoyachining xizmatlariga Fransiyaning PSJ klubi qiziqish bildirmoqda. Ektor faoliyatini Parij klubida davom ettirishga tayyorligini aytdi.
Belerin joriy mavsum APL doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning "Arsenal" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



