Bekkenbauer: "Shvaynshtaygerga faoliyatini Angliyada davom ettirishni maslahat bermayman"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2015, 13:45
"Bavariya" faxriy prezidenti Franc Bekkenbauerning fikricha, Bastian Shvaynshtaygerning Angliyaga ko'chib o'tishi to'g'ri qaror emas.

"Shvaynshtaygerga bu yoshda yangi chaqiruv kerak emas. Unga Angliyaga o'tishni maslahat bermayman. Bastian yana bir-ikki yil yuqori darajada o'ynab, "Bavariya"ga yordam berishi mumkin. Agar shunda ham futbol o'ynagisi kelsa, unga MLSga ko'chib o'tishni maslahat beraman" - deydi Bekkenbauer.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com