“Barselona” himoyachisi safga qaytdi

15 okt 2019, 09:29
Samyuel Umtiti mashg'ulotlarni boshladi.

“Barselona” himoyachisi 5 haftalik tanaffusdan so'ng kecha klub mashg'ulotlarida ishtirok etdi. Umtiti oyog'idagi jarohat sabab joriy mavsum bitta ham o'yinda maydonga tushgani yo'q.

25 yoshli futbolchi 2016 yil yozida 25 mln evro evaziga “Lion”dan “Barselona”ga o'tgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yil iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Барселона” расмий сайти