

Bundan bir necha kunlar oldin rahbariyat futbolchilar bilan maoshni pasaytirish borasida kelishib olgani borasida ma'lumotlar berilgandi. Shu orqali "Barselona" kamida 122 mln evro tejab qolishi kutilmoqda.
"Yangi prezident buni o'zgartirishi mumkin. Hozir biz shunday holatdamizki, futbolchilarga yanvar oyi uchun maosh to'lay olmaymiz.
Ular bunga shak-shubxasiz ko'nikishadi. Biz qarzlarning ko'payishini istamaymiz, hech kim koronavirus sababli tanaffus bo'lmasligini kafolat bera olmaydi.
Bu holat bizga yomon ta’sir qildi, biroq umid qilishda davom etamiz. Futbolchilar yanvar oyi uchun maosh olmaydi. Shuningdek, boshqa to'lovlar ham vaqtincha kechiktiriladi. Masalan, turnirlardagi g'oliblik uchun vada qilingan pullar ham keyinroq beriladi", - dedi Tuskets.



