"Barsa" Fati bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirishga yaqin. Uning tovon puli 400 mln evrogacha ko'tariladi

Alisher
6 avg 2020, 10:20
"Barselona" yarim himoyachi Anssumane Fati bilan 2024 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma tuzishga yaqin.

Kataloniya klubi va 17 yoshli ispaniyalik futbolchi o'rtasidagi muzokaralar yakunlovchi bosqichda. Bu haqda Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Xabarlarga ko'ra, oldin aytilganidek Fatining tovon puli 400 mln evroga qadar ko'tariladi.

Xavbekning "Barselona" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira