Ballak: “Chelsi”ga qarshi YCHL bahsida “Bavariya” yaqqol favorit”

13 fev 2020, 08:56
Germaniya terma jamoasi sobiq a'zosi YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan bahsga o'z munosabatini bildirdi.

“Bavariya” - yaqqol favorit. Juda ko'p sabablar bor. Myunxenliklar London klubiga qaraganda tajribaliroq. Transfer taqiqi sabab “Chelsi” yoshlarga imkoniyat berishga majbur bo'ldi. Lempard ham hali tajribali emas, u endigina murabbiylikni boshladi. “Bavariya”da esa katta ustunliklar bor. Myunxen klubi o'ta sermahsul o'yin namoyish etmoqda va ular YCHL pley-offi nima ekanligini yaxshi biladi”, - deydi Ballak.

Ma'lumot uchun, “Chelsi” hamda “Bavariya” jamoalari o'rtasidagi ilk bahs 25 fevralda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com