Bahrom Haydarov: "Bugun ortga yo'limiz qolmagandi"

Iskandarov Abdulaziz
18 okt 2024, 19:21
"Qo'qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirdi.

"Birinchi o'rinda g'alaba bilan futbolchilar, rahbariyat, muxlislarni tabriklayman. O'yinga kelsak, birinchi bo'limda "Buxoro"ning ochkolar borasida oldinda ekanligi ma'lumligi uchun katta tavakkalga qo'l urmadi. Bizda ortga yo'l yo'q edi. Borimizni tashladik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz yanada kuchaydi, vaziyatlar ko'paydi",- deydi Bahrom Haydarov. 

- Odatda "Buxoro" ikkinchi bo'limda pressing qo'llardi. Bugun aksincha bo'ldi. Bu nima bilan bog'liq?

- To'g'risini aytsam, "Buxoro"ning o'yinini o'rganganimiz yo'q edi. Biz ko'proq o'z o'yinimizga e'tibor berdik. Raqib qanday o'ynashidan qatiy nazar pressing qilishimiz kerak edi. Durang qoniqtirmasdi. To'g'ri, 3 ta himoyachiga o'tdik. Ularning hujum chizig'i kuchli. Shu omil tayyorgarlikda kerak bo'ldi.  

- Andro Giorgadze maydonga tushishi ham tavakkalchilikmi?

- Unda jarohat bor edi. Majbur bo'ldik, 0:0 vaqtda "Buxoro" ham oldinga o'tdi. Birinchi paslarni ushlash uchun uni maydonga tushirdik. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia