Azar: "Men yaxshi o'ynasam, "Chelsi" ham yaxshi o'ynaydi"

Mirjalol Normatov
3 sen 2018, 20:59
"Chelsi" yarim himoyachisi Eden Azar jamoadagi roli haqida gapirdi.

"Omadli o'tgan jahon chempionatidan keyin yanada oldinroq intilishga harakat qilmoqdaman. O'zimga ishonaman va shunchaki futboldan zavqlanishni istayman, chunki hozirda yaxshi saviyadaman. "Chelsi" tarkibida ko'plab yaxshi futbolchilar va murabbiylar bor. Barchasi a'lo darajada ketmoqda.

Umid qilamanki, "Chelsi" omadli mavsumni o'tkazadi. Bilaman, men yaxshi o'ynasam, "Chelsi" ham yaxshi o'ynaydi. Shu boisdan barcha o'yinlarga tayyor bo'lishim kerak. Mavsum anchagina uzoq davom etadi. Premer-liga kabi turnirlarda hech nimani taxmin qilib bo'lmaydi. Barchasi bo'lishi mumkin, ammo biz oxirigacha kurashamiz. Biz 38 o'yinning 4tasini yutdik. Ammo, hali o'yinimizni kuchaytirishimiz lozim", - dedi Azar.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal