"Atletiko" Turanni xarid qilishni istamadi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2017, 13:02
"Barselona" yarim himoyachisi Arda Turan transfer oynasi yopilguniga qadar o'z jamoasini tark etishi mumkin, ammo "Atletiko"ga emas.

"Matraschilar"ga 30 yoshli futbolchi xizmatlari taklif qilindi, ammo Madrid jamoasi rad javobini berdi. Oldinroq "Atletiko"da to'p tepgan Turan Diego Simeonening rejalariga kirmaydi.

Oldinroq, Turan "Galatasaroy"ga qaytishi mumkinligi, ammo futbolchi maoshi kamayishiga rozi emasligi e'lon qilingan edi.

Turan 2003-2011 yillarda "Galatasaroy" sharafini himoya qilgan, keyin esa 13 mln. evro evaziga "Atletiko"ga sotib yuborilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca