"Arsenal" "Real"ning yosh yulduzini ijaraga olmoqchi

Tolibjon Qosimov
20 noya 2024, 12:53
Ispaniyaning "Sport.es" nashri xabariga ko'ra, "Arsenal" jamoasi "Real"ning yosh yulduzini ijaraga olishga tayyor.

Gap turkiyalik hujumkor yarim himoyachi Arda Gyuler haqida ketmoqda. 19 yoshli futbolchi ikkinchi mavsumdirki "qaymoqranglilar" safida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotganidan norozi va qishda ijaraga ketishga tayyor. Londonliklar esa xuddi Martin Edegor bilan bo'lgani kabi jarayonni takrorlashga qarshi emaslar. Yodingizda bo'lsa, Edegor ham avvaliga "Real"dan ijaraga olingan, keyin esa to'laqonli sotib olingan "Arsenal" tomonidan.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum Gyuler "Real"da barcha musobaqalar doirasida 12ta o'yinda maydonga tushdi. Lekin, birorta gol ham, assist ham qayd etmadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Sport.es