"Arsenal" o'yinchisi Gana terma jamoasidan chetlatildi

Alisher
7 iyun 2021, 18:48
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Tomas Parti Gana terma jamoasi tarkibidan chetlatildi.

Jamoa bosh murabbiyi Charlz Akonnor mashg'ulotga kechikkani sabab Partini chetlatdi.

Gana terma jamoasi ayni damda Marokash (8 iyun) va Kot-d'Ivuar (12 iyun)ga qarshi o'rtoqlik o'yinlarga tayyorlanmoqda. Qayd etish kerakki, Tomas Parti Gana terma jamoasi vice-sardori hisoblanadi.

Tomas Parti o'tgan yilning oktyarb oyida Londonning "Arsenal" klubiga o'tgandi. Oldinroq, yarim himoyachi "Atletiko"da o'ynagan va ispan klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Ghana Soccernet