"Arsenal" Genduzini nemis klubiga ijaraga berdi

5 okt 2020, 22:00
"Gerta" Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Matteo Genduzini joriy mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.

21 yoshli o'yinchi berlinliklar safida 8-raqam ostida o'ynaydi. Uning maoshi "Gerta" tomonidan to'lanadi.

Ma'lumot uchun, Genduzi "Arsenal" uchun 82 uchrashuvda maydonga tushgan. Uning "to'pchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning iyunida nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: HerthaBSC