

O'yin davomida mehmonlar gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishdi. "Kardiff"ning filippinlik darvozaboni Nil Eteridj jami 6 marta seyv namoyish etdi. 90+5-daqiqada bosh hakam "Nyukasl" foydasiga penalti belgiladi. Bu zarbani ham Eteridj qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Qizig'i 1-turda ham "Kardiff" posboni penaltidan yo'llangan zarbani qaytargan edi.
Angliya chempionati
2-tur
Kardiff – Nyukasl 0:0 (0:0, 0:0)
Kardiff – Eteridj, Manga, Morrison, Bamba, Bennett, Rolls, Merfi (Mendes-Leyng, 78), Kamarasa (Rid, 76), Arter, Xoylett (Paterson, 83), Zoxore.
Nyukasl – Dubravka, Mankilo (Xeyden, 46), Lassels, Klark, Dammett, Ritchi (Merfi, 70), Shelvi, Diame, Kenedi, Peres (Muto, 65), Xoselu.
Ogohlantirishlar: Ritchi (3), Mankilo (30), Kamarasa (62), Arter (80), Morrison (90).
Chetlatish: Xeyden (66).





