

Chempionshipdan APLga chiqqan "Xaddersfild" klubi ustozi David Vagner o'zining mashhur hamkasblarini ortda qoldirib avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
"Xaddersfild" avgust oyida 3ta o'yinda 2ta g'alaba va 1ta durangga erishdi. Jamoa 4ta gol urib o'z darvozasidan umuman to'p olib chiqmadi.
Ma'lumot uchun, MYU dastlabki 3ta turda 3ta g'alabaga erishdi va to'plar nisbati 10:0 bo'lib turibdi.




