“Nottingem Forest” Premer-ligaga qaytdi!

Оқил Абдубарноев
29 may 2022
Chempionship pley-off bosqichining so'nggi o'yinida “Nottingem Forest” “Xaddersfild”ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi va Angliya Premer-ligasiga yo'l oldi.

O'yin oldidan ikkala klub ham Ukrainani qo'llab-quvvatlagan holda maydonda saf tortishdi: hakamlar va jamoa sardorlari qo'llarida “Tinchlik” yozuvi tushirilgan Ukraina bayrog'ini ushlab turishgan.

Uchrashuvdagi yagona gol birinchi bo'lim oxirida kiritildi. “Xaddersfild” himoyachisi Levi Kolvill avtogol muallifiga aylandi.

Chempionship. Final pley-off

Xaddersfild - Nottingem Forest - 0:1 (0:1)

Gol: Levi Kolvill, 44 (avtogol)

Pley-off yarim finalida "Nottingem Forest" "Sheffild Yunayted"ni mag'lubiyatga uchratgandi. "O'rmonchilar" oxirgi marta 1998/1999 yilgi mavsumda Premer-ligada ishtirok etishgandi.

Eslatib o'tamiz, chempionatning navbatdagi mavsumi yakunlariga ko'ra, "Fulxem" va "Bornmut" ham APLga qaytishdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia