

Hozirga qadar ushbu bosqichga chiqqan 7ta klub nomi ma'lum. "Lester" - "Sautgempton" uchrashuvi 27 noyabr kuniga qoldirildi. Bunga "Lester" klubi prezidentining vafoti sabab bo'ldi.
Chorak finalda muxlislar "Arsenal" - "Tottenxem" uchrashuviga guvoh bo'lishadi. "Chelsi" esa APL ishtirokchisi "Bornmut" bilan kuch sinashadi. Angliya Chempionship vakili "Middlsbro" klubi uchinchi divizonda ishtiroy etayotgan "Berton Albion" bilan o'ynaydi.
"Manchester Siti" esa "Lester" - "Sautgempton" uchrashuvi g'olibi bilan kuch sinashadi.
Mazkur bahslar 18-19 dekabr kunlari bo'lib o'tadi.



