Andres Inesta: "Finalda "Real"ga qarshi? Bu kuchli jamoalarning ajoyib o'yini bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
13 fev 2014, 11:38
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta "Real Sosedad"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Finalga chiqqanimizdan xursandmiz, bu har kun ham sodir bo'lavermaydi. Finalga chiqqanimizdan faxrlanamiz.

"Sosedad"ga qarshi yarim final o'yinlari oson kechgani yo'q, biroq o'zimizga kerakli natijaga erishdik.

Finalda "Real"ga qarshi? Bu ikki kuchli jamoa o'rtasidagi o'yin bo'ladi. Bu o'yinga qadar hali ko'p vaqt bor, o'sha vaqtga borib uchrashuvga to'la tayyor bo'lamiz", – deydi Inesta.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru