Andorraga qarshi o'yinga 2 kun qolganida Serbiya termasi bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi

Mirjalol Normatov
12 okt 2025, 14:21
Kecha tunda Serbiya termasi o'z maydonida Albaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu mag'lubiyatdan keyin serbiyaliklar bosh murabbiyi Dragan Stoykovich iste'foga chiqarildi.

Serbiya termasi JCH-2026ga chiqa olmaslik xavfi ostida turibdi. Terma o'tgan 5 o'yinda 7 ochko jamg'arib, 2-o'rindagi Albaniyadan 4 ochkoga ortda qolgan holda K guruhida 3-o'rinda bormoqda.

Stoykovich 2021 yilning martida Serbiya termasi boshqaruvini qo'liga olgandi. Shu davrdan buyon uning qo'l ostida Serbiya termasi 55 o'yinda qatnashib, 26 g'alaba, 14 durang va 15 mag'lubiyat qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/SerbianFooty